Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqishga va unda yo'l qo'yilgan xatoliklarni yoki uning to'liq emasligini u imzolangan kundan e'tiboran besh kun ichida ko'rsatib, bayonnoma yuzasidan yozma ravishda fikr-mulohazalar bildirishga haqli.
Bayonnomaga doir berilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi ko'rib chiqadi va u ushbu fikrlarga qo'shilgan taqdirda, bu fikr-mulohazalarning to'g'riligini tasdiqlaydi hamda ularni sud majlisining bayonnomasiga qo'shib qo'yadi.
Raislik qiluvchi berilgan fikr-mulohazalarga qo'shilmasa, ular sud majlisida ko'rib chiqiladi. Berilgan fikr-mulohazalar barcha hollarda ham ishga qo'shib qo'yilishi kerak.
Bayonnomaga doir fikr-mulohazalar ular topshirilgan kundan e'tiboran yetti kun ichida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda ko'rib chiqilishi kerak. Biroq, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar to'g'risidagi arizani ko'rib chiqishga to'sqinlik qilmaydi.
Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvi bilan tanishish huquqiga ega.
Sud majlisining audio- yoki videoyozuvlari ko'chirma nusxasi sud protsessi ishtirokchilariga ishni ko'rgan sudning ruxsati bilan beriladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
279-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohaza bildirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.