E'lon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish to'g'risidagi, ish tashlashni to'xtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish to'g'risidagi da'vo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo'lishi kerak.
Da'vo arizasida quyidagilar ham ko'rsatilishi kerak:
1) ish tashlash o'tkazilayotgan tashkilotning nomi;
2) ish tashlashni e'lon qilish to'g'risida qaror qabul qilingan sana, ish tashlash amalga oshiriladigan (amalga oshirilayotgan, amalga oshirilgan) sana va joy;
3) da'vogarning fikriga ko'ra, ish tashlash tufayli buzilayotgan huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlar to'g'risidagi ma'lumotlar;
4) da'vogarning fikriga ko'ra, ish tashlash qaysi qonun hujjatlariga zid bo'lsa, o'sha qonun hujjatlari.
E'lon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish to'g'risidagi, ish tashlashni to'xtatib turish haqidagi da'vo arizasida ish tashlashni kechiktirish yoki to'xtatib turish muddati ham ko'rsatilishi lozim.
Da'vo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida ko'rsatilgan hujjatlar, shuningdek ish tashlashni e'lon qilish to'g'risidagi qaror ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn270¹³-modda. Da'vo arizasining shakli hamda mazmuni
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.