Fuqarolik protsessual kodeksi

253-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni

Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo'ladi. Hal qiluv qarorining kirish qismida ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan vaqt va joy, hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ko'rsatiladi. Hal qiluv qarorining bayon qismi o'zida da'vogarning talabi, javobgarning e'tirozlari va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini aks ettirishi kerak. Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, sudning ish holatlari to'g'risidagi xulosalari asoslangan dalillar, sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligi haqidagi xulosalari, sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari ko'rsatilishi kerak. Arz qilingan talab javobgar tomonidan tan olingan taqdirda, asoslantiruvchi qismda faqat arz qilingan talabning tan olinganligi va uning sud tomonidan qabul qilinganligi ko'rsatilishi mumkin. Hal qiluv qarorining xulosa qismida sudning arz qilingan talablardan har birini to'liq yoki qisman qanoatlantirish to'g'risidagi yoxud qanoatlantirishni rad etish haqidagi xulosasi bo'lishi, sud xarajatlarini taqsimlash, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi ko'rsatilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.