Fuqarolik protsessual kodeksi

229-modda. Guvohni so'roq qilish tartibi

Har bir guvoh alohida so'roq qilinadi. So'roq qilinmagan guvohlar ishni muhokama qilish vaqtida sud majlisi zalida bo'lishi mumkin emas. Raislik qiluvchi guvohni so'roq qilishdan oldin uning shaxsini, yoshini, mashg'uloti turini, ushbu ishga aloqasini hamda taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar bilan o'zaro munosabatlarini aniqlaydi, shuningdek uni bila turib yolg'on ko'rsatuv berganlik uchun O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar bo'lishi to'g'risida ogohlantiradi. Shundan keyin raislik qiluvchi guvohga: «Ish yuzasidan o'zimga ma'lum bo'lgan barcha ma'lumotlarni sudga aytib berishga qasamyod qilaman. Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni gapirib beraman, haqiqatdan o'zga narsani gapirmayman» deb oshkora qasamyod qilishni taklif etadi. Guvohdan unga o'z huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi to'g'risida tilxat olinadi. Qasamyodning matni va tilxat sud majlisi bayonnomasiga qo'shib qo'yiladi. Raislik qiluvchi guvohga ish bo'yicha shaxsan o'zi bilgan barcha ma'lumotlarni sudga aytib berishni taklif qiladi. Shundan so'ng guvohga savollar berilishi mumkin. Guvoh kimning arizasi bo'yicha chaqirilgan bo'lsa, shu shaxs va uning vakili birinchi bo'lib, keyin esa ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar guvohga savollar beradi. Sudning tashabbusi bilan chaqirilgan guvohga savollarni birinchi bo'lib da'vogar beradi. Sudya (sudyalar) guvohga u so'roq qilinayotganida istalgan vaqtda savol berishga haqlidir. So'roq qilingan guvohlar ishning muhokamasi tamom bo'lguniga qadar sud majlisi zalida qolishi kerak. Sud so'roq qilingan guvohlar ishning muhokamasi tamom bo'lmasidan oldin sud majlisi zalidan chiqib ketishiga taraflarning roziligi bilan ruxsat berishi mumkin. Zarur bo'lgan taqdirda sud guvohni o'sha majlisning o'zida yoki kelgusi majlisda takroran so'roq qilishi, shuningdek guvohlarning ko'rsatuvlaridagi ziddiyatlarni aniqlash uchun ularni yuzlashtirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.