Fuqarolik protsessual kodeksi

227-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari

Ish to'g'risida ma'ruza qilinganidan so'ng sud da'vogar va uning tarafida ishtirok etayotgan uchinchi shaxsning, javobgar va uning tarafida ishtirok etayotgan uchinchi shaxsning, shuningdek ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi. Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza bergan prokuror, shuningdek boshqa shaxslar arz qilgan talablari bo'yicha tushuntirishlar berish yoki ularni asoslash uchun birinchi bo'lib so'zga chiqadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar bir-biriga savollar berishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yozma tushuntirishlari va ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan olingan tushuntirishlar o'qib eshittiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.