Quyidagi hollarda sudya ishni ko'rishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
1) shu ish ilgari ko'rilganida sudya sifatida ishtirok etgan bo'lsa va ushbu Kodeks talablariga muvofiq ishni ko'rishda takror ishtirok etishiga yo'l qo'yilmasa;
2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo'lsa yoxud uning xolisligi va beg'arazligiga shubha tug'diradigan boshqa holatlar mavjud bo'lsa;
3) shu ish ilgari ko'rilganida hakamlik sudining sudyasi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi, guvoh va vakil sifatida ishtirok etgan bo'lsa;
4) taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi bo'lsa;
5) ishni ko'rayotgan hay'at tarkibiga kiruvchi sudyaning qarindoshi bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn21-modda. Sudyani rad qilish asoslari
Oddiy tilda
SUDYANI RAD QILISH ASOSLARI
Nimani anglatadi
Sudya agar muayyan sharoitlarda bo'lsa, ish bo'yicha qaror qabul qila olmaydi. Bu holatlarda boshqa sudya tayinlanadi. Sudyaning xolisligi va beg'arazligi muhim, chunki u adolatli qaror qabul qilishi kerak.
Kimga tegishli
Bu qoida barcha sudyalarga, hakamlik sudining ishtirokchilariga va sud xodimlariga tegishli.
Amalda
Agar sudya shu ish bo'yicha oldin prokuror sifatida ishtirok etgan bo'lsa, u qarorni qabul qila olmaydi. Yoki sudya davoni ko'rayotgan shaxsning oqasi bo'lsa, rad qilinadi. Boshqa sudya tayinlanib, ish davom ettiriladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.