Ish muhokamasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni albatta xabardor qilgan holda sudning ochiq majlisida o'tadi.
Yopiq sud majlislari qonunda nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talabiga yoki sudning tashabbusiga ko'ra o'tkaziladi.
Ochiq sud majlislari videokonferentsaloqa rejimida o'tkazilishi mumkin. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan sudning videokonferentsaloqa rejimidagi majlisida bevosita ishtirok etish og'zaki shaklda o'tkaziladigan sud majlisida ishtirok etishga tenglashtiriladi.
Sudning tashabbusiga ko'ra yoki sud protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasi bilan sud majlisining audio- yoki videoyozuvi olib borilishi mumkin.
Sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazish zarur bo'lgan taqdirda, shuningdek sud majlisida audio- yoki videoyozuvi vositalaridan foydalanilganda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni va sud protsessining boshqa ishtirokchilarini bu haqda ogohlantiradi.
Sud protsessi ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir bo'lganlar yozma qaydlar qilish huquqiga ega. Sud majlisini fototasvirga tushirish, audio- va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilinishiga taraflarning roziligi va sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yo'l qo'yiladi.
Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish to'g'risida ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi ma'lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik to'g'risida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi. Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
208-modda. Sud majlisi
(208-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 сентябрдаги ЎРҚ-1084-сонли Қонунига асосан еттинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.09.2025 й., 03/25/1084/0874-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.