Zarur bo'lgan hollarda, ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida sudya taraflarni so'roq qilishi mumkin.
Bunda sudya:
1) da'vogarni o'zi arz qilingan talablarning mohiyati bo'yicha so'roq qiladi, undan javobgar bildirishi mumkin bo'lgan e'tirozlarni aniqlaydi va, agar bu zarur bo'lsa, da'vogarga qo'shimcha dalillar taqdim etishni taklif qiladi, shuningdek arz qilingan talablaridan voz kechish huquqini hamda voz kechishning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi;
2) ishning holatlari bo'yicha javobgarni so'roq qiladi, da'vogarning talabiga qarshi uning qanday e'tirozlari borligini va bu e'tirozlar qanday dalillar bilan tasdiqlanishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek javobgarga da'vogarning talablarini tan olish yoxud qarshi talablar qo'zg'atish huquqini tushuntiradi, alohida murakkab ishlar bo'yicha esa, javobgarga ish yuzasidan yozma tushuntirishlar taqdim etishni taklif qiladi. Javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda uning tomonidan yozma tushuntirishlar va dalillar taqdim etilmaganligi ishni ishdagi mavjud dalillar bo'yicha ko'rish uchun to'sqinlik qilmaydi;
3) taraflardan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish ehtimolini aniqlaydi va ularning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
203-modda. Ishni tayyorlash tartibida taraflarni so'roq qilish
(203-модда иккинчи қисмининг 3-банди Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 20 мартдаги ЎРҚ-531-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 21.03.2019 й., 03/19/531/2799-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.