Sudya arizani qabul qilish va ish qo'zg'atish to'g'risida ajrim chiqarganidan so'ng ishni o'z vaqtida va to'g'ri ko'rib chiqish hamda hal qilish maqsadida uni sud muhokamasiga tayyorlaydi.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari quyidagilardan iborat:
taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni ko'rishda amal qilinishi lozim bo'lgan qonunni aniqlash;
taraflarning talablari va e'tirozlarini asoslovchi faktlarni, shuningdek nizoni to'g'ri hal etish uchun ahamiyatga ega bo'lgan boshqa faktlarni aniqlash;
ishni hal qilish uchun zarur bo'lgan dalillar doirasini aniqlash va ularning o'z vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini ta'minlash;
ishda ishtirok etishi mumkin bo'lgan shaxslar tarkibi to'g'risidagi masalani hal qilish;
taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan zarur bo'lgan dalillarni taqdim etilishi;
taraflarni yarashtirish.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
201-modda. Ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.