Arizada quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) da'vogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar da'vogar tashkilot bo'lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo'lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili;
3) javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot bo'lsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari;
4) da'vogarning talabi;
5) agar da'vo baholanishi kerak bo'lsa, da'voning bahosi;
6) da'vogar o'z talabiga asos qilib ko'rsatayotgan holatlar va da'vogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
7) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa;
8) arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati.
Ariza da'vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan bo'lsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.
Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan arizada ushbu moddada sanab o'tilgan ma'lumotlardan tashqari ariza kimning manfaatini ko'zlab berilgan bo'lsa, o'sha shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) hamda manzili ko'rsatilishi kerak.
Arizada da'vogarni yoki uning vakilining, shuningdek boshqa tarafning telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili ko'rsatilishi mumkin.
Arizada elektron manzili ko'rsatilganligi arizachining sud chaqiruv qog'ozlarini va boshqa xabarnomalarni, sud hal qiluv qarorlarining hamda ajrimlarining ko'chirma nusxalarini elektron hujjat tarzida olishga bo'lgan roziligidir.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
189-modda. Arizaning mazmuni
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.