Mehnat shartnomasi g'ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimlarni yoki g'ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o'tkazilgan xodimlarni ilgarigi ishiga tiklash to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud mehnat shartnomasini bekor qilishga yoki boshqa ishga o'tkazishga farmoyish bergan mansabdor shaxsni uchinchi shaxs sifatida javobgar tarafida ishda ishtirok etish uchun o'z tashabbusi bilan jalb qilishi shart.
Sud mehnat shartnomasining bekor qilinishi yoki boshqa ishga o'tkazish ochiqdan-ochiq qonunni buzgan holda amalga oshirilganligini aniqlasa, shu protsessning o'zidayoq aybdor mansabdor shaxs zimmasiga majburiy progul yoki kam haq to'lanadigan ish bajarilgan vaqt uchun haq to'lash sababli tashkilotga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash majburiyatini yuklatadi. Bunday hollarda mansabdor shaxsdan undiriladigan summalarning miqdori mehnat to'g'risidagi qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
184-modda. Ishga tiklash to'g'risidagi ishlar bo'yicha uchinchi shaxslarni jalb qilish
(184-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.