Sudya sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizani qabul qilishni ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha rad etadi. Sudya arizani qabul qilishni quyidagi hollarda ham rad etadi, agar:
1) arz qilingan talab ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilmagan bo'lsa;
2) qarzdor O'zbekiston Respublikasi sudlari yurisdiktsiyasi doirasidan chetda bo'lsa;
3) huquq to'g'risida nizo mavjud deb hisoblansa.
Arizani qabul qilishni rad etish to'g'risida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan e'tiboran uch kunlik muddat ichida ajrim chiqaradi.
Arizani qabul qilish rad etilganligi undiruvchining shu talab bo'yicha da'vo ishini yuritish tartibida da'vo taqdim etish imkoniyatiga to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
175-modda. Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizani qabul qilishni rad etish asoslari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.