Fuqarolik protsessual kodeksi

163-modda. Ish yuritish vaqtida familiyani, ismni, otasining ismini o'zgartirish, manzilning o'zgarishi

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritish vaqtida familiyasini, ismini, otasining ismini o'zgartirganligi, manzili o'zgarganligi haqida sudga xabar qilishi shart. Bunday xabar mavjud bo'lmagan taqdirda, sudning chaqiruv qog'ozi yoki boshqa xabarnoma sudga ma'lum bo'lgan oxirgi manzil bo'yicha yuboriladi va, garchi chaqiriluvchi bu manzilda ortiq yashamasa yoki bo'lmasa ham, u yetkazib berilgan deb hisoblanadi. Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron pochta manzilini sudga ma'lum qilgan bo'lsa, ish yuritilayotgan vaqtda ularning o'zgarganligi to'g'risida sudni xabardor qilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.