Fuqarolik protsessual kodeksi

156-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruv qog'ozlari

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va guvohlar sud chaqiruv qog'ozlari, zarur hollarda esa buyurtma xatlar, telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd etilishini ta'minlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali sudga chaqiriladi hamda sudning ayrim protsessual harakatlari to'g'risida xabardor qilinadi. Sudya chaqiruv qog'ozi bilan bir vaqtda javobgarga da'vo arizasining (arizaning) ko'chirma nusxasini va unga ilova qilingan hujjatlarning ko'chirma nusxalarini yuboradi. Agar javobgarning yozma tushuntirishi sudga kelib tushgan bo'lsa, sudya sudga murojaat qilgan shaxsga chaqiruv qog'ozi yuborayotganda ushbu tushuntirish xatining ko'chirma nusxasini jo'natadi. Sud xabarnomalari va chaqiruv qog'ozlari ish materiallariga qo'shib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.