Fuqarolik protsessual kodeksi

137-modda. Yo'qotilgan vaqt uchun haq undirish

Sud insofsizlik bilan asossiz talab arz qilgan yoki da'voga qarshi nizolashgan yoxud ishning to'g'ri va o'z vaqtida ko'rib chiqilishi hamda hal etilishiga muntazam qarshilik qilib kelgan taraf zimmasiga amalda yo'qotilgan vaqt uchun ikkinchi taraf foydasiga haq to'lash majburiyatini yuklatishi mumkin. Undiriladigan haq sud tomonidan oqilona miqdorda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.