Guvohlar, ekspertlar va mutaxassislarga, tarjimonlarga to'lanishi lozim bo'lgan summalar yoki joyida ko'zdan kechirishni o'tkazishga doir xarajatlar uchun zarur bo'lgan summalar tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan taraf tomonidan sudning depozit hisobvarag'iga oldindan kiritiladi. Agar bu iltimosnoma ikkala taraf tomonidan berilgan bo'lsa yoki guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni, tarjimonlarni chaqirish, joyida ko'zdan kechirish sudning tashabbusi bilan amalga oshirilsa, talab qilinadigan summani taraflar teng miqdorda kiritadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, to'lanishi lozim bo'lgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobvarag'idan to'lanishi mumkin. Bu summa ishda ishtirok etuvchi shaxslardan sud hujjati chiqarilayotganda sudning depozit hisobvarag'iga o'tkazilgan holda ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
135-modda. Sud chiqimlarini to'lash uchun mablag'larni kiritish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.