Fuqarolik protsessual kodeksi

117-modda. Sudning ish yuritishni to'xtatib turish huquqi

Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bo'yicha yoki o'z tashabbusi bilan quyidagi hollarda ish yuritishni to'xtatib turishga haqli: 1) taraf O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatni o'tayotganda yoki mazkur shaxslar davlatning biror-bir majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda; 2) taraf davolash muassasasida bo'lganda, shuningdek taraflardan birida sudga kelishga to'sqinlik qiladigan, tibbiyot muassasasining ma'lumotnomasi bilan tasdiqlangan kasallik mavjud bo'lganda; 3) ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgar qidirilayotganda; 4) taraf ishni ko'rib chiqish muddatidan ortiq muddatda xizmat safarida bo'lganda, bundan ishda tashkilot vakillari ishtirok etayotgan hollar mustasno; 5) sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda; 6) ushbu Kodeksning 103 va 363-moddalariga muvofiq sud tomonidan sud topshirig'i yuborilganda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.