Fuqarolik protsessual kodeksi

115-modda. Da'voni ta'minlash natijasida yetkazilgan zararlarning o'rnini qoplash

Sud (sudya) da'voni ta'minlash bilan birga da'vogardan javobgarga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararning o'rnini qoplashni talab qilishi mumkin. Javobgar da'voni rad qilish to'g'risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin da'vogardan da'vogarning iltimosnomasiga ko'ra da'voni ta'minlash bo'yicha ko'rilgan choralar natijasida o'ziga yetkazilgan zararning o'rnini qoplashni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.