Da'voni ta'minlash choralari ishni ko'rib chiqayotgan sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Da'voni ta'minlashni bekor qilish to'g'risidagi masala ishda ishtirok etayotgan shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi da'voni ta'minlashni bekor qilish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi.
Hakamlik sudining da'vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori da'voni ta'minlash choralari sud tomonidan bekor qilinishi uchun asos bo'ladi.
Da'voni ta'minlash choralarini bekor qilish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ajrim chiqariladi. Ajrimning ko'chirma nusxasi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
111-modda. Da'voni ta'minlash choralarini bekor qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.