Fuqarolik kodeksi

99-modda. Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne'matlar

Shaxsning hayoti va sog'lig'i, sha'ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik obro'si, shaxsiy hayotining daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri, nomga bo'lgan huquqi, tasvirga bo'lgan huquqi, mualliflik huquqi, boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda tug'ilganidan boshlab yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli bo'lgan boshqa nomoddiy ne'matlar tortib olinmaydi va o'zga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi. Vafot etgan kishiga tegishli bo'lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne'matlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda boshqa shaxslar, shu jumladan huquq egasining vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.