Fuqarolik kodeksi

985-modda. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikning umumiy asoslari

(985-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

G'ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to'liq hajmda qoplanishi lozim. Qonunda zararni to'lash majburiyati zarar yetkazuvchi bo'lmagan shaxsga yuklatilishi mumkin. Qonunchilikda yoki shartnomada jabrlanuvchilarga zararni to'lashdan tashqari tovon to'lash majburiyati belgilab qo'yilishi mumkin. Zarar yetkazgan shaxs, agar zarar o'z aybi bilan yetkazilmaganini isbotlasa, zararni to'lashdan ozod qilinadi. Qonunda zarar yetkazgan shaxsning aybi bo'lmagan taqdirda ham zararni to'lash nazarda tutilishi mumkin. Qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar qonunda nazarda tutilgan hollarda to'lanishi lozim. Agar zarar jabrlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan yetkazilgan bo'lsa, zarar yetkazgan shaxsning harakatlari esa jamiyatning axloqiy tamoyillarini buzmasa, zararni to'lash rad etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.