Fuqarolik kodeksi

975-modda. Yashirin shirkat

Oddiy shirkat shartnomasida uning mavjudligini uchinchi shaxslarga ma'lum qilmaslik (yashirin shirkat) nazarda tutilishi mumkin. Bunday shartnomaga nisbatan, agar ushbu moddada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa yoki yashirin shirkat mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu bob qoidalari qo'llaniladi. Yashirin shirkat ishtirokchilaridan har biri uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda sheriklarining umumiy manfaatlarini ko'zlab o'z nomidan tuzgan bitimlar bo'yicha o'zining butun mol-mulki bilan javob beradi. Sheriklar o'rtasidagi munosabatlarda, ularning birgalikdagi faoliyati jarayonida yuzaga kelgan majburiyatlar umumiy hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.