Fuqarolik kodeksi

968-modda. Foydani taqsimlash

Sheriklar tomonidan ularning birgalikdagi faoliyati natijasida olingan foyda, agar oddiy shirkat shartnomasida yoki sheriklarning boshqa kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, sheriklarning umumiy ishga qo'shgan hissalari qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Sheriklardan birortasini foydada ishtirok etishdan chetlatish to'g'risidagi kelishuv o'z-o'zidan haqiqiy emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.