Konsortsium shartnomasiga asosan tashkil etilgan yuridik shaxslar birlashmasi alohida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmaydi.
Konsortsium shartnomasi sheriklari (ishtirokchilari) o'zining mustaqil xo'jalik faoliyatini saqlab qolgan holda boshqa konsortsiumlarning faoliyatida ishtirok etishi mumkin.
Konsortsium shartnomasi sheriklari (ishtirokchilari) o'rtasidagi munosabatlar yozma shaklda tuziladigan konsortsium shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Konsortsium shartnomasi sheriklariga (ishtirokchilariga) tovar bozoridagi narxlarni sun'iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, shu jumladan «Raqobat to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga zid bo'lgan harakatlarni kelishib olish taqiqlanadi.
Konsortsium shartnomasiga asosan tashkil etilgan yuridik shaxslar birlashmasi konsortsium shartnomasida belgilangan tijorat faoliyati bilan bog'liq bo'lgan kelishilgan ishlar yakuniga yetkazilganda yoki uning sheriklari (ishtirokchilari) qaroriga asosan o'z faoliyatini tugatadi.
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, konsortsium shartnomasiga nisbatan ushbu bob qoidalari qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
962¹-modda. Konsortsium shartnomasining o'ziga xos xususiyatlari
(962¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.