Agar mulkiy sug'urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi)ning sug'urta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaxsdan talab qilish huquqi to'langan summa doirasida sug'urta tovonini to'lagan sug'urtalovchiga o'tadi. Biroq shartnomaning bila turib zarar yetkazgan shaxsga nisbatan talab qilish huquqi sug'urtalovchiga o'tishini istisno qiladigan shartlari o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi.
Sug'urtalovchiga o'tgan talab qilish huquqi uning tomonidan sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi) va zarar uchun javobgar bo'lgan shaxs o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug'urtalovchi o'ziga o'tgan talab qilish huquqini amalga oshirishi uchun zarur bo'lgan barcha hujjatlar va dalillarni sug'urtalovchiga berishi hamda barcha ma'lumotlarni unga ma'lum qilishi shart.
Agar sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug'urtalovchi tomonidan qoplangan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan o'zining talab qilish huquqidan voz kechsa yoki bu huquqni amalga oshirish sug'urta qildiruvchining (naf oluvchining) aybi bilan mumkin bo'lmagan bo'lsa, sug'urtalovchi sug'urta tovonini to'liq yoki uning tegishli qismini to'lashdan ozod qilinadi va tovonning ortiqcha to'langan summasini qaytarishni talab qilishga haqli bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
957-modda. Sug'urta qildiruvchining zarar qoplanishiga bo'lgan huquqlarining sug'urtalovchiga o'tishi (subrogatsiya)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.