Agar sug'urta hodisasi sug'urta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sug'urtalangan shaxsning qasd qilishi oqibatida yuz bergan bo'lsa, sug'urtalovchi sug'urta tovonini yoki sug'urta to'lovini to'lashdan ozod qilinadi, qasddan qilingan harakatlar ular tomonidan zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida, shuningdek ushbu moddaning uchinchi va to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda sodir etilishi bundan mustasno.
Qonunda sug'urta hodisasi sug'urta qiluvchining yoki naf oluvchining qo'pol ehtiyotsizligi oqibatida yuzaga kelganda sug'urtalovchini mulkiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta tovonini to'lashdan ozod qilish yoki tovon miqdorini kamaytirish hollari nazarda tutilishi mumkin.
Sug'urtalovchi sug'urtalangan shaxsning hayoti yoki sog'lig'iga zarar yetkazganlik uchun fuqaroviy javobgarlikni sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urta tovonini to'lashdan, agar zarar sug'urtalanuvchi uchun javobgar shaxsning aybi bilan yetkazilgan bo'lsa, ozod qilinmaydi.
Sug'urtalovchi shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda to'lanishi lozim bo'lgan sug'urta to'lovini to'lashdan, agar uning vafoti o'z joniga qasd qilish oqibatida ro'y bergan bo'lsa va bu vaqtgacha sug'urta shartnomasi kamida ikki yil amal qilgan bo'lsa, ozod qilinmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
953-modda. Sug'urta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sug'urtalangan shaxsning aybi bilan sug'urta hodisasi yuz berishining oqibatlari
(953-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.