Sug'urta qildiruvchi sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan naf oluvchini boshqa shaxsga, bu haqda sug'urtalovchini yozma ravishda xabardor qilib, almashtirishga haqli. Shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan shaxsning roziligi bilan tayinlangan naf oluvchini almashtirishga faqat shu shaxsning roziligi bilan yo'l qo'yiladi.
Naf oluvchi sug'urta shartnomasi bo'yicha bironta majburiyatni bajarganidan yoki sug'urta tovonini yoxud sug'urta to'lovini to'lash to'g'risida sug'urtalovchiga talab qo'yganidan keyin u boshqa shaxs bilan almashtirilishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
945-modda. Naf oluvchini almashtirish
(945-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.