Sug'urta ob'yekti bitta shartnoma bo'yicha bir necha sug'urtalovchi tomonidan o'rtada sug'urtalanishi mumkin (birgalikda sug'urta qilish). Agar bunday shartnomada sug'urtalovchilardan har birining huquq va majburiyatlari belgilanmagan bo'lsa, ular mulkiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta tovonini yoki shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta to'lovini to'lash uchun sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi) oldida solidar javobgar bo'ladilar.
Yirik va alohida yirik xavflarni o'rtada sug'urta qilish uchun birgalikda sug'urtalovchilar birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnoma asosida oddiy shirkatlar (sug'urta sherikchiligi) tuzishlari mumkin.
Birgalikda sug'urtalovchilar o'rtasida tegishli kelishuv bo'lgan taqdirda, ulardan biri sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi)ning oldida faqat o'z ulushi uchun javobgar bo'lib qolgani holda, u bilan o'zaro munosabatlarda barcha birgalikdagi sug'urtalovchilar nomidan vakil bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
941-modda. Birgalikda sug'urta qilish
(941-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.