Sug'urta shartnomasini tuzish shartlari sug'urtalovchi yoxud sug'urtalovchilar birlashmasi tomonidan qabul qilingan, ma'qullangan yoki tasdiqlangan tegishli turdagi sug'urtaning standart qoidalari (sug'urta qoidalari)da belgilab qo'yilishi mumkin.
Sug'urta qoidalarida mavjud bo'lgan va sug'urta shartnomasi (polisi) matniga kiritilmagan shartlar, agar shartnomada (polisda) shunday qoidalar qo'llanilishi to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilgan va qoidalarning o'zi shartnoma (polis) bilan bitta hujjatda yoki uning orqa tomonida bayon qilingan yoxud unga ilova qilingan bo'lsa, sug'urta qiluvchi (naf oluvchi) uchun majburiydir. Ilova qilingan taqdirda, shartnomani tuzish paytida sug'urta qildiruvchiga sug'urta qoidalari topshirilgani shartnomada yozuv bilan tasdiqlab qo'yilishi lozim.
Sug'urta shartnomasi tuzilayotganda sug'urta qildiruvchi va sug'urtalovchi sug'urta qoidalarining ayrim bandlarini o'zgartirish yoki chiqarib tashlash va qoidalarda bo'lmagan bandlarni shartnomaga kiritish to'g'risida kelishishlari mumkin.
Sug'urta qildiruvchi (naf oluvchi) o'z manfaatlarini himoya qilib, sug'urta shartnomasida (polisida) ko'rsatib o'tilgan tegishli turdagi sug'urta qoidalarini, hatto agar bu qoidalar ushbu moddaga ko'ra uning uchun majburiy bo'lmasa ham, vaj qilib keltirishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
930-modda. Sug'urta shartnomasi shartlarini sug'urta qoidalarida belgilab qo'yish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.