Bir turdagi mol-mulk (tovarlar, yuklar va hokazoning) turli turkumlarini muayyan muddat davomida bir xildagi shartlarda muntazam sug'urtalash sug'urta qildiruvchining sug'urtalovchi bilan kelishuviga binoan bitta sug'urta shartnomasi –– bosh polis asosida amalga oshirilishi mumkin.
Sug'urta qildiruvchi bosh polisning ta'sir doirasida bo'ladigan mol-mulkning har bir turkumi to'g'risida sug'urtalovchiga bunday polisda shartlashilgan ma'lumotlarni unda nazarda tutilgan muddatda, agar muddat nazarda tutilmagan bo'lsa — ular olinganidan keyin darhol xabar qilishi shart. Agar hatto bunday ma'lumotlarni olish paytigacha sug'urtalovchi to'lashi lozim bo'lgan zarar ko'rish ehtimoli o'tib ketgan bo'lsa ham, sug'urta qildiruvchi bu majburiyatdan ozod bo'lmaydi.
Sug'urta qildiruvchining talabiga binoan sug'urtalovchi bosh polisning ta'sir doirasida bo'ladigan mol-mulkning alohida turkumlari bo'yicha sug'urta polislarini berishi shart.
Sug'urta polisining mazmuni bosh polisga nomuvofiq bo'lgan taqdirda, sug'urta polisi afzal ko'riladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
928-modda. Bosh polis bo'yicha sug'urtalash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.