Ikki qismli ombor guvohnomasi ombor guvohnomasidan va garov guvohnomasidan (varrant) iborat bo'lib, ular bir-biridan ajratilishi mumkin.
Ikki qismli ombor guvohnomasining har bir qismida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:
tovarni saqlash uchun qabul qilgan tovar omborining nomi va joylashgan manzili;
ombor guvohnomasining ombor reyestri bo'yicha joriy nomeri;
tovar saqlash uchun qabul qilib olingan tashkilot nomi yoki fuqaroning ismi, shuningdek tovar egasining joylashgan yeri (yashash joyi);
saqlash uchun qabul qilingan tovarning nomi va miqdori –– birliklar soni va (yoki) tovar donalarining soni va (yoki) tovarning o'lchovi (og'irligi, hajmi);
agar muddat belgilangan bo'lsa, tovar qancha muddatga saqlash uchun qabul qilinganligi yoki tovar talab qilib olinguncha saqlash uchun qabul qilinganligi;
omonat saqlaganlik uchun to'lanadigan haq miqdori yoki bu haqni hisoblab chiqarishga asos bo'ladigan tariflar va saqlash haqini to'lash tartibi;
ombor guvohnomasi berilgan sana.
Ikki qismli ombor guvohnomasining ikkala qismida vakil shaxsning bir xil imzosi va tovar omborxonasining muhri (muhr mavjud bo'lgan taqdirda) bo'lishi shart.
Ushbu moddaning talablariga mos kelmaydigan hujjat ikki qismli ombor guvohnomasi bo'la olmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
909-modda. Ikki qismli ombor guvohnomasi
(909-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2015 йил 20 августдаги ЎРҚ-391-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2015 й., 33-сон, 439-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.