Tovar ombori standartlar, texnikaviy shartlar, texnologiya yo'riqnomalari, saqlash yo'riqnomalari, ayrim turdagi tovarlarni saqlash qoidalarida, ombor uchun majburiy bo'lgan boshqa maxsus normativ hujjatlarda belgilab qo'yilgan saqlash shartlari (tartiboti)ga rioya qilishi lozim.
Agar omborda omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, tovar ombori tovarlarni saqlash uchun qabul qilib olayotganida ularni o'z hisobidan ko'zdan kechirishi kerak.
Agar omonat saqlash egasizlantirish yo'li bilan amalga oshirilayotgan bo'lsa, tovar ombori tovar egasiga tovarlarni yoki ularning namunalarini ko'zdan kechirish, namuna olish hamda tovarlarning to'liq saqlanishini ta'minlash uchun zarur chora-tadbirlarni ko'rish imkoniyatlarini berishi shart.
Tovarlarning to'liq saqlanishini ta'minlash uchun saqlash sharoitlarini tezlik bilan o'zgartirish talab qilinadigan hollarda tovar ombori zarur shoshilinch choralarni mustaqil ko'rishga haqli. U ko'rilgan choralar to'g'risida tovar egasiga xabar berishi shart.
Saqlash vaqtida tovar omborda omonat saqlash shartnomasida kelishilganidan yoki odatdagi tabiiy buzilish normalari doirasidan tashqari chiqadigan darajada buzilganligi aniqlangan taqdirda, tovar ombori bu haqda darhol dalolatnoma tuzishi va o'sha kuniyoq yuk topshiruvchini xabardor qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
905-modda. Tovar omborining majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.