Fuqarolik kodeksi

890-modda. Omonat saqlovchining javobgarlik darajasi

Ashyo yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi tufayli yuk topshiruvchiga yetkazilgan zarar, agar qonunda yoki saqlash shartnomasida boshqa hol nazarda tutilgan bo'lmasa, ushbu Kodeksning 324-moddasiga muvofiq omonat saqlovchi tomonidan qoplanadi. Ashyo tekin saqlanganida uning yo'qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi tufayli yuk topshiruvchiga yetkazilgan zarar: ashyolar yo'qolganligi va kam chiqqanligi uchun — yo'qolgan yoki yetishmayotgan ashyolarning qiymati miqdorida; ashyolar shikastlanganligi uchun — ularning qiymati qancha summaga kamaygan bo'lsa, shuncha summa miqdorida qoplanadi. Agar omonat saqlovchi javobgar bo'lgan holda shikast yetishi natijasida ashyoning sifati undan dastlabki vazifasi bo'yicha foydalanish mumkin bo'lmaydigan darajada o'zgargan bo'lsa, yuk topshiruvchi undan voz kechishga va omonat saqlovchidan ushbu ashyoning qiymatini, shuningdek, agar qonunda yoki omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan bo'lsa, boshqa zararni ham qoplashni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.