Ashyoni saqlash uchun qilingan, odatdagi bunday xarajatlardan ortiq bo'lgan hamda omonat saqlash shartnomasini tuzish chog'ida taraflar oldindan ko'rishi mumkin bo'lmagan xarajatlar (alohida xarajatlar), basharti yuk topshiruvchi ushbu xarajatlarga rozilik bergan yoki ularni keyinchalik ma'qullagan bo'lsa, shuningdek qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda omonat saqlovchiga to'lanadi.
Alohida xarajatlarni qilish zarur bo'lib qolganida, omonat saqlovchi yuk topshiruvchidan ushbu xarajatlarga rozilik so'rashi shart. Agar yuk topshiruvchi omonat saqlovchi ko'rsatgan muddatda yoki javob berish uchun yetarli bo'lgan vaqtda o'zining rozi emasligini xabar qilmasa, u alohida xarajatlarga rozi bo'lgan, deb hisoblanadi.
Ishning holatlariga ko'ra yuk topshiruvchining roziligini oldindan olish mumkin bo'lsa-da, omonat saqlovchi bunday rozilikni olmasdan turib saqlash uchun alohida xarajatlar qilgan va yuk topshiruvchi keyinchalik ularni ma'qullamagan taqdirda, omonat saqlovchi alohida xarajatlarni faqat ushbu xarajatlar qilinmasa ashyoga yetkazilishi mumkin bo'lgan zarar doirasida qoplashni talab qilishi mumkin.
Agar saqlash shartnomasida boshqa hol nazarda tutilgan bo'lmasa, alohida xarajatlar saqlash haqiga qo'shimcha ravishda to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
887-modda. Omonat saqlash uchun qilingan alohida xarajatlar
(887-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.