Omonat saqlovchi saqlashga topshirilgan ashyoning to'liq saqlanishini ta'minlash uchun omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan, shuningdek boshqa barcha zarur chora-tadbirlarni ko'rishi shart.
Agar shartnomada egasizlantirib saqlash nazarda tutilgan bo'lmasa, omonat saqlovchi saqlash uchun o'ziga berilgan ashyoni yuk topshiruvchiga yoki u oluvchi sifatida ko'rsatgan boshqa shaxsga topshirishi shart. Ashyo saqlashga qanday holatda topshirilgan bo'lsa, o'sha holatda, uning tabiiy yomonlashuvini yoki tabiiy kamayishini hisobga olib qaytarib berilishi shart.
Omonat saqlovchi ashyoni qaytarish bilan bir vaqtda, basharti omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, uni saqlash vaqtida olingan hosil va daromadlarni ham topshirishi shart.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
880-modda. Omonat saqlovchining ashyo to'liq saqlanishini ta'minlash majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.