Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida cheklaydigan (eksklyuziv) shartlar, xususan:
litsenziarning litsenziatga biriktirib qo'yilgan hududda foydalanish uchun boshqa xuddi shunday kompleks tadbirkorlik litsenziyalarini bermaslik yoki ushbu hududda bevosita mustaqil faoliyat olib bormaslik majburiyati;
litsenziatning kompleks tadbirkorlik litsenziyasidan foydalaniladigan hududda litsenziar bilan raqobatlashmaslik majburiyati;
litsenziatning litsenziarning raqobatchilaridan (bo'lajak raqobatchilaridan) boshqa kompleks tadbirkorlik litsenziyalarini olishdan voz kechishi;
litsenziatning shartnoma bo'yicha o'ziga berilgan alohida huquqlarni amalga oshirish vaqtida foydalaniladigan tijorat binolari joylashtiriladigan yerni, shuningdek ularning tashqi va ichki bezaklarini litsenziar bilan kelishish majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Agar cheklaydigan shartlar tegishli bozorning holatini va taraflarning iqtisodiy mavqeini hisobga olganda raqobat to'g'risidagi qonunchilikka zid bo'lsa, bu shartlar monopoliyaga qarshi organ yoki boshqa manfaatdor shaxsning da'vosiga ko'ra haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Agar kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining cheklaydigan shartlariga ko'ra:
litsenziar litsenziatning tovarni sotish bahosini yoki litsenziat bajaradigan (ko'rsatadigan) ishlar (xizmatlar) narxini belgilashga, yoki mazkur narxlarning yuqori va pastki chegaralarini belgilab qo'yishga haqli bo'lsa;
litsenziat tovarlarni faqat ma'lum toifadagi sotib oluvchilarga (buyurtmachilarga) yoki shartnomada belgilab qo'yilgan hududda joylashgan (yashaydigan) sotib oluvchilarga (buyurtmachilarga)gina sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmatlar ko'rsatishga haqli bo'lsa, bunday cheklovchi shartlar haqiqiy emas.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
868-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining cheklaydigan shartlari
(868-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.