Fuqarolik kodeksi

859-modda. Ishonchli boshqaruvchining javobgarligi

(859-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)

Mol-mulkni ishonchli boshqarish paytida foyda oluvchining yoki boshqaruv muassisining manfaatlari to'g'risida yetarli g'amxo'rlik qilmagan ishonchli boshqaruvchi foyda oluvchiga qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan bo'lmasa mol-mulkni ishonchli boshqarish vaqtida boy berilgan foydani, boshqaruv muassisiga esa mol-mulkni yo'qotish yoki unga shikast yetkazish bilan keltirilgan zararni, shuningdek boy berilgan foydani to'laydi. Agar ishonchli boshqaruvchi ushbu zararlar yengib bo'lmaydigan kuch tufayli yoki foyda oluvchining yoxud boshqaruv muassisining harakatlari tufayli kelib chiqqanligini isbot qilib bera olmasa, yetkazilgan zarar uchun javobgar bo'ladi. Ishonchli boshqaruvchi o'ziga berilgan vakolatlardan chetga chiqqan yoki o'zi uchun belgilab qo'yilgan cheklashlarni buzgan holda tuzgan bitim bo'yicha majburiyatlarni ishonchli boshqaruvchi shaxsan o'zi bajaradi. Agar bitimda qatnashuvchi uchinchi shaxslar vakolatlardan chetga chiqilganligini yoki belgilab qo'yilgan cheklashlarni bilmagan bo'lsalar yoki bilishlari kerak bo'lmagan bo'lsa, vujudga kelgan majburiyatlar ushbu moddaning to'rtinchi qismida belgilab qo'yilgan tartibda bajarilishi kerak. Bu holda boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchidan u keltirgan zararning o'rnini qoplashni talab qilishi mumkin. Mol-mulkni ishonchli boshqarish munosabati bilan vujudga kelgan majburiyatlar bo'yicha qarzlar ushbu mol-mulk hisobidan to'lanadi. Ushbu mol-mulk yetarli bo'lmagan taqdirda undiruv ishonchli boshqaruvchining mol-mulkiga, uning mol-mulki ham yetarli bo'lmaganida esa — boshqaruv muassisining ishonchli boshqarishga topshirilmagan mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi uni tegishli suratda bajarmaslik tufayli boshqaruv muassisiga yoki foyda oluvchiga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararning o'rnini qoplashni ta'minlash uchun ishonchli boshqaruvchining garov berishini nazarda tutishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.