Fuqaro vafot etgan yoki vositachi yuridik shaxs tugatilgan taqdirda vositachilik shartnomasi bekor qilinadi.
Vositachi yuridik shaxs qayta tashkil etilganida uning vositachi sifatidagi huquq va majburiyatlari, basharti qayta tashkil etish yuz berganligi haqidagi ma'lumotni olgan kundan boshlab o'ttiz kun ichida komitent shartnomani bekor qilganligi haqida xabar bermasa, qonuniy vorislarga o'tadi.
Komitent fuqaro vafot etgan, u muomalaga layoqatsiz yoki layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda, shuningdek komitent yuridik shaxs tugatilgan taqdirda vositachi o'ziga berilgan topshiriqni komitentning merosxo'rlaridan yoki huquqiy vorislaridan (vakillaridan) tegishli ko'rsatmalar kelguncha bajarib turishi shart.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
848-modda. Fuqaroning vafot etishi yoki yuridik shaxsning tugatilishi oqibatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.