Komitent vositachiga bergan topshirig'ini istagan vaqtida bekor qilib, vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli. Bunda vositachining topshiriq bekor qilinishi munosabati bilan ko'rgan zarari umumiy asoslarda qoplanadi.
Vositachilik shartnomasi amal qilish muddati ko'rsatilmagan holda tuzilgan taqdirda komitent shartnomani bekor qilishi haqida, agar shartnomada xabar qilishning uzoqroq muddati nazarda tutilgan bo'lmasa, kamida o'ttiz kun oldin vositachini xabardor qilishi shart. Bunday holda komitent vositachiga u shartnoma bekor qilinguncha tuzgan bitimlar uchun haq to'lashi, shuningdek vositachi shartnoma bekor bo'lgunicha qilgan xarajatlarni to'lashi shart.
Topshiriq bekor qilingan taqdirda komitent vositachi ixtiyoridagi o'z mol-mulkini vositachilik shartnomasida belgilangan muddatda, bordi-yu bunday muddat belgilanmagan bo'lsa, darhol tasarruf etishi shart. Agar komitent bu majburiyatni bajarmasa, vositachi mol-mulkni komitent hisobidan saqlab qo'yishga topshirishga yoki uni komitent uchun iloji boricha foydali bahoda sotishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
843-modda. Vositachilik topshirig'ining komitent tomonidan bekor qilinishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.