Fuqarolik kodeksi

83-modda. Mol-mulkning turlari

(83-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 7 ноябрдаги ЎРҚ-801-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 08.11.2022 й., 03/22/801/0998-сон)

Mol-mulk fuqarolik huquqlari ob'yekti sifatida ko'chmas mulkka va ko'char mulkka bo'linadi. Ko'chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko'p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog'langan boshqa mol-mulk, ya'ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o'zgartirish mumkin bo'lmaydigan ob'yektlar kiradi. Qonunda boshqa mol-mulk ham ko'chmas mol-mulk qatoriga kiritilishi mumkin. Ko'chmas mol-mulkka bo'lgan huquqlarni qo'lga kiritish va ular bekor bo'lishining xususiyatlari qonun bilan belgilab qo'yiladi. Ko'chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko'char mulk hisoblanadi. Ko'char mulkka bo'lgan huquqlarni ro'yxatdan o'tkazish talab etilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.