Fuqarolik kodeksi

823-modda. Topshiriq shartnomasining bekor bo'lishi

Topshiriq shartnomasi: topshiriq beruvchi topshiriqni bekor qilishi; vakil topshiriqdan bosh tortishi; topshiriq beruvchining yoki vakilning vafot etishi, ulardan birining muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo'qolgan deb topilishi natijasida to'xtatiladi. Topshiriq beruvchi istagan vaqtda topshiriqni bekor qilishga, vakil esa topshiriqdan bosh tortishga haqli. Bu huquqdan voz kechish haqidagi kelishuv o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi. Agar vakil topshiriq shartnomasining bekor qilingani haqida bilmagan va bilishi lozim bo'lmagan bo'lsa, uning topshiriq beruvchining ko'rsatmasiga muvofiq qonuniy ravishda qilgan harakatlari topshiriq beruvchi (uning qonuniy vorisi) zimmasiga uchinchi shaxslar va vakilga nisbatan majburiyat yuklaydi. Tadbirkor sifatida ish olib borayotgan vakil bilan topshiriq shartnomasidan bosh tortayotgan taraf shartnomani bekor qilish to'g'risida ikkinchi tarafni, agar shartnomada uzoqroq muddat nazarda tutilgan bo'lmasa, kamida o'ttiz kun oldin xabardor qilishi shart. Tijorat vakili bo'lgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganida topshiriq beruvchi o'z topshirig'ini ana shunday oldindan xabar bermay turib bekor qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.