Fuqarolik kodeksi

815-modda. Chek bo'yicha pul to'lanmaganligini xabar qilish

Chek saqlovchi pul to'lanmaganligi haqida norozilik bildirilgan yoki shu kabi harakat amalga oshirilgan kundan keyingi ikki ish kuni mobaynida o'z indossantiga va chek beruvchiga xabar qilishi shart. Har bir indossant bildirish olgan kundan keyingi ikki ish kuni ichida o'zi olgan bildirish haqida o'zining (oldingi) indossantiga xabar berishi shart. O'sha shaxs uchun aval bergan shaxsga ham shu muddatda xabar yuboriladi. Ko'rsatilgan muddat davomida xabar yubormagan shaxs chek bo'yicha o'z huquqlaridan mahrum bo'lmaydi. U chek bo'yicha pul to'lanmaganligini xabar qilmagani tufayli keltirilgan zararning o'rnini chek summasi doirasida qoplashi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.