Fuqarolik kodeksi

794-modda. Topshiriqni ijro etish

Mijozning to'lov topshiriqnomasini qabul qilgan bank tegishli pul summasini topshiriqnomada ko'rsatilgan shaxsning hisobvarag'iga o'tkazish uchun uni mablag' oluvchining bankiga ushbu Kodeksning 792-moddasi birinchi qismida belgilab qo'yilgan muddatlarda o'tkazishi shart. Bank mijozning topshiriqnomasida ko'rsatilgan hisobvaraqqa pul mablag'larini o'tkazish operatsiyalarini bajarish uchun boshqa banklarni jalb qilishga haqli. Bank mijozning talabiga ko'ra, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo'yilgan bo'lmasa, topshiriqning bajarilganligi haqida unga darhol xabar berishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.