To'lov topshiriqnomasi bilan hisob-kitob qilinganida bank mijozning topshirig'iga muvofiq uning hisobvarag'idagi mablag'lar hisobidan ma'lum miqdor pul summasini mijoz ko'rsatgan shaxsning shu yoki boshqa bankdagi hisobvarag'iga qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlarda, agar bank hisobvarag'i shartnomasida qisqaroq muddat nazarda tutilgan bo'lmasa yoki u bank amaliyotida qo'llaniladigan ish muomalasi odatlarida belgilangan bo'lmasa, o'tkazish majburiyatini oladi.
To'lov topshiriqnomasida mablag'larni oluvchi sifatida ko'rsatilgan shaxs bankdan to'lovni amalga oshirishni talab qilish huquqiga ega bo'lmaydi, bunday huquq qonunda yoki mijozning bank bilan tuzgan shartnomasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
792-modda. To'lov topshiriqnomalari bilan qilinadigan hisob-kitoblar to'g'risida umumiy qoidalar
(792-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.