Bank hisobvarag'i shartnomasi mijozning arizasiga muvofiq istalgan vaqtda bekor qilinadi.
Bankning talabiga ko'ra bank hisobvarag'i shartnomasi quyidagi hollarda sud tomonidan bekor qilinishi mumkin:
mijozning hisobvarag'ida saqlanayotgan pul mablag'lari summasi bank qoidalarida yoki shartnomada ko'zda tutilgan eng kam miqdordan oz bo'lsa, agar bunday summa bank bu haqda ogohlantirgan kundan boshlab bir oyda tiklanmasa;
agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilgan bo'lmasa, ushbu hisobvaraq bo'yicha bir yil davomida operatsiyalar qilinmagan bo'lsa.
Hisobvaraqdagi pul mablag'larining qoldig'i mijozning tegishli yozma arizasi olinganidan keyin kechi bilan yetti kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko'rsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa o'tkaziladi.
Bank hisobvarag'i shartnomasining bekor qilinishi mijoz hisobvarag'ini yopish uchun asos bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
788-modda. Bank hisobvarag'i shartnomasini bekor qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.