Hisobvaraqda unga qo'yilgan hamma talablarni qanoatlantirish uchun yetarli miqdorda pul mablag'lari bo'lsa, bu mablag'larni hisobvaraqdan o'chirish mijozning farmoyishlari va o'chirish uchun boshqa hujjatlar tushgan tartibda (kalendar navbat), agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, amalga oshiriladi.
Hisobvaraqdagi pul mablag'lari unga qo'yilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli bo'lmagan taqdirda, pul mablag'lari quyidagi navbatda o'chiriladi:
birinchi navbatda mutanosib ravishda byudjetga, byudjetdan tashqari fondlarga to'lovlarni hamda ish haqi to'lash uchun pul mablag'lari berilishini nazarda tutuvchi to'lov (ijrochi) hujjatlari bo'yicha, alimentlarni undirishga doir talablarni qondirish uchun hisobvarag'idan pul mablag'larini o'tkazish yoki pulni berishni nazarda tutuvchi ijrochi hujjatlar bo'yicha, mualliflik shartnomalariga binoan mukofotlarni to'lash bo'yicha, shuningdek hayoti va salomatligiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash bo'yicha, byudjetga to'lovlar bo'yicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan to'lovlar bo'yicha xo'jalik sub'yektlarining majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta'minlovchi ijrochi hujjatlar bo'yicha pul o'chiriladi;
ikkinchi navbatda boshqa pul talablarini qondirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo'yicha pul o'chiriladi;
uchinchi navbatda boshqa to'lov hujjatlari bo'yicha kalendar navbat tartibida pul o'chiriladi.
Bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog'liq kechiktirib bo'lmaydigan ehtiyojlarga pul mablag'larini qonunchilikda belgilangan miqdorda hisobdan chiqarish, kalendar navbat tartibidan tashqari navbatda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
784-modda. Hisobvaraqdan pul mablag'larini o'chirish navbati
(784-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.