Omonat bankka muayyan uchinchi shaxs foydasiga qo'yilishi mumkin.
Nomiga omonat qo'yilayotgan fuqaroning ismini yoki yuridik shaxsning nomini ko'rsatish bank omonati to'g'risidagi tegishli shartnomaning muhim shartidir.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, nomiga omonat qo'yilgan uchinchi shaxs pul o'z hisobvarag'iga kelib tushgan paytdan boshlab omonatchi huquqlarini qo'lga kiritadi.
Nomiga omonat qo'yilgan uchinchi shaxs undan voz kechgan hollarda uchinchi shaxs nomiga bank omonati shartnomasi tuzgan shaxs omonatni qaytarib berishni talab qilishga yoki uni o'z nomiga o'tkazishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
768-modda. Uchinchi shaxs foydasiga qo'yilgan omonat
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.