Fuqarolik kodeksi

763-modda. Omonatga to'lanadigan foizlar va (yoki) boshqa daromadlar

(763-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)

Bank omonatchiga omonat summasi uchun bank omonati shartnomasida belgilanadigan miqdorda foizlar va (yoki) boshqa daromadlar to'laydi. Bank omonati shartnomasida to'lanadigan foizlar miqdori haqida shart bo'lmagan taqdirda, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to'lanadigan miqdorda foizlar to'lashi shart. Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga to'lanadigan foizlar va (yoki) boshqa daromadlar miqdorini o'zgartirish huquqiga ega. Bank foizlar va (yoki) boshqa daromadlar miqdorini kamaytirgan taqdirda, ularning yangi miqdori ular kamaytirilganligi haqida omonatchilarga xabar berilganidan keyin qo'yilgan omonatlarga nisbatan qo'llaniladi. Agar bank omonati shartnomasida boshqa muddat nazarda tutilgan bo'lmasa, ushbu xabarga qadar qo'yilgan omonatlarga nisbatan kamaytirilgan foizlar va (yoki) boshqa daromadlar miqdori tegishli xabar berilgan paytdan bir oy o'tganidan keyin qo'llaniladi. Omonatni muayyan muddat o'tgach yoki shartnomada nazarda tutilgan vaziyatlar yuz berganidan keyin qaytarish sharti bilan qo'yilgan omonat yuzasidan bank omonati shartnomasida belgilangan foizlar va (yoki) boshqa daromadlar miqdori, agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, bank tomonidan bir tomonlama kamaytirilishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.