Pul mablag'larini omonatlarga jalb qilish huquqiga qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziya berilgan banklar ega bo'ladilar.
Bunday huquqqa ega bo'lmagan shaxs fuqarodan omonat qabul qilgan taqdirda, omonatchi darhol omonat summasini qaytarib berishni, shuningdek bu summaga ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan foizlarni to'lashni hamda foiz summalaridan tashqari omonatchiga yetkazilgan hamma zararni qoplashni talab qilishi mumkin.
Agar bunday shaxs bank omonati shartnomasi shartlari asosida yuridik shaxsning pul mablag'larini qabul qilgan bo'lsa, ushbu Kodeksning bitimlar haqiqiy bo'lmasligining asoslari va oqibatlariga doir tegishli qoidalari qo'llanadi.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlar, kim bo'lishidan qat'i nazar, fuqarolar va yuridik shaxslarning pul mablag'larini:
omonat saqlovchilarga omonatni talab qilishi bilanoq olish va omonatchining ushbu bob qoidalarida ko'zda tutilgan boshqa huquqlarini amalga oshirish imkoniyatini bermaydigan veksellar yoki boshqa qimmatli qog'ozlar berish;
ularga g'ayriqonuniy chiqarilgan deb topilgan aktsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarni sotish yo'li bilan omonatlarga jalb qilish hollariga nisbatan qo'llanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
760-modda. Pul mablag'larini omonatlarga jalb qilish huquqi
(760-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.