Fuqarolik kodeksi

74-modda. Jamoat birlashmalari

(74-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ma'naviy yoki o'zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun o'z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalari jamoat birlashmalari hisoblanadi. Jamoat birlashmalari o'z ustavlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarish yoki o'zga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidirlar. Jamoat birlashmalarining ishtirokchilari (a'zolari) ushbu birlashmalarga mulk qilib bergan mol-mulklariga, shu jumladan a'zolik badallariga bo'lgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular a'zo sifatida ishtirok etayotgan jamoat birlashmalarining majburiyatlari bo'yicha javob bermaydilar, mazkur birlashmalar esa — o'z a'zolarining majburiyatlari bo'yicha javob bermaydilar. Jamoat birlashmalari huquqiy mavqeining xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.